DUNYOVIY CHIZIQ haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DUNYOVIY CHIZIQ haqida malumot bilib oling.

DUNYOVIY CHIZIQ — nisbiylik nazariyasida toʻrt oʻlchovli fazoda moddiy zarraning harakati trayektoriyasini ifodalovchi chiziq. Toʻrt oʻlchovli fazo koordinatalari (x, u, z) ga vaqt koordinatasi (?) ham qoʻshiladi. Toʻrt oʻlchovli fazoda har qanday zarra harakatini oʻziga mos Dunyoviy chiziq bilan solishtirish mum-kin. Bu chiziqda yotgan nuqta (dunyoviy nuqta) vaqt oraligʻida zarra harakati koordinatasini ifodalaydi. Xususiy holda zarraning tekis va toʻgʻri chiziqli harakatiga toʻgʻri Dunyoviy chiziq mos keladi. Dunyoviy chiziq tushunchasidan maxsus va umumiy nisbiylik nazariyasida keng foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
DUNYOVIY CHIZIQ