DALA TAJRIBASI haqida malumot bilib oling.
DALA TAJRIBASI — dala sharoitida i. ch. sharoitlariga yaqinlashtirib oʻtkaziladigan eksperimental agronomik tadqiqot; ekin yetishtirishning barcha sharoitlarini hisobga olgan holda tajriba maydonida oʻtkaziladi. Bunday tajribalarda ekinlarni yetishtirishning u yoki bu omillari hamda usul-amallari va bu omillarning birgalikdagi taʼsiri chuqur oʻrganiladi. Dala tajribasida ayrim omillarni batafsil oʻrganish aksariyat tadqiqotning boshqa usullari bilan birgalikda olib boriladi. Dala tajribasi agronomiya fani yutukdarini q. x. amaliyoti b-n mustahkam bogʻlaydi. Dala tajribasi uslubiyoti q. x. ishlab chiqarishining zamonaviy darajasiga mos boʻlishi kerak. Chunki tajribaning ilmiy qimmati va i. ch. ga joriy etilishi shunga bogʻliq. Dala tajribasida oʻsimliklar hosili miqdorini hisobga olish, tajribada oʻrganilayotgan sharoitlar yoki ekinlarga taʼsir koʻrsatish usullari bilan hosil miqdori va sifati oʻrtasidagi bogʻlanish aniqlanishi shart. Tajriba fenologik kuzatuvlar bilan birga olib boriladi.
Dala tajribasi qisqa muddatli, koʻp yillik va uzoq muddatli boʻlishi mumkin. Qisqa muddatli tajribalar 3 y. dan 10 y. gacha, koʻp yillik tajribalar 10—15 y., uzoq muddatli tajribalar 50 va undan ortiq yil davom etadi. Kup yillik va uzoq muddatli bir yoki koʻp omilli doimiy tajribalar ekinlarni yetishtirishda qoʻllaniladigan yangi texnologik usullarning tuproqdagi suv-fizikaviy, kimyoviy hamda biologik jarayonlarga, tuproq unumdorligi, ekin hosili va uning sifatiga qanday taʼsir kursatishi va qanday oqibatlarga olib kelishini chuqur oʻrganishga imkon beradi. Paykalning katta-kichikligi va takroriylik Dala tajribasining aniqligini belgilab beradigan muhim omillardir.
Sugʻoriladigan sharoitlarda agrotexnika tajribalari, odatda, kamida 4-marta takroriylikda oʻtkaziladi, maʼlumotlarni matematik tahlil qilishga imkon beradigan aniq natijalar olishga erishiladi (q. Tajriba takroriyligi).
Ensiklopediya.uz
DALA TAJRIBASI