DEBET haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DEBET haqida malumot bilib oling.

DEBET (lot. debet — u qarzdor) — ikki tomonlama (oʻng va chap) jadval koʻrinishidagi buxgalteriya hisob varaqlarining bir (chap) tomoni. Korxonaning pul vositalari va moddiy boyliklari zaxirasi (aktivi) holati va harakati qayd etiladigan hisobvaraqlarning Debet tomonida oy boshida boyliklarning mavjudligi (nakdligi) va oy davomida ularning tushumi koʻrsatiladi. Vositalarning manbalari (passivi) holati va harakati qayd etiladigan hisobvaraqlarning Debet tomonida manbalarning kamayishi, mas, korxonadan qarzdorlarning qarzi kamayganligi ifoda etiladi.

Ensiklopediya.uz
DEBET