DUSEN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DUSEN haqida malumot bilib oling.

DUSEN (Malus pumila var. praecox) — past boʻyli olma daraxtining bir turi, qalamcha va parxish bilan koʻpaytiriladi. Bal. 5—6 m ga boradi. Nim pakana payvandtag sifatida koʻp ishlatiladi. Barcha navlariga mos keladi. Dusenning EM-II, EM-III, EM-IV, EM-V payvandtag tiplari keng tarqalgan. Dusenga pay-vand qilingan daraxtlarning boʻyi 5 — 7 m, ildiz tarmogʻi birmuncha yuza joylashadi. Koʻchati oʻtkazilgach, 3—4-yili hosil beradi. 30—40 y. yashaydi. Qurgʻoqchilikka, shamolga chidamli.

Ensiklopediya.uz
DUSEN