DIPLOMATIK POCHTA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DIPLOMATIK POCHTA haqida malumot bilib oling.

DIPLOMATIK POCHTAdavlat (odatda, tashqi ishlar mahkamasi timsolida) bilan uning chet eldagi diplomatik, konsullik va b. vakilliklari, shuningdek, vakilliklar oʻrtasidagi aloqaning eng muhim va keng tarqalgan vositalaridan biri. Maxsus tartib boʻyicha yoʻlga qoʻyiladigan Diplomatik pochta orqali xizmatda foydalanish uchun moʻljallangan rasmiy xat-xabarlar, hujjatlar va buyumlar tegishli manzillarga diplomatik kuryer tomonidan yetkazib beriladi. Bu narsalar paket, chamadon va kop (valiz)larga joylanadi: vakolatli organ tomonidan soʻrgʻichlanib, muhrlanadi va kuryer varaqasi tegishli shaklda toʻldiriladi. Diplomatik pochtada va kuryer varaqasida xat-hujjat hamda yuklar olib borilayotgan manzil, «Expedition of Tiselle» deb yozilgan belgi, albatta, boʻlishi kerak. Har bir kop Diplomatik pochtada alohida oʻrin egallab, ham maxsus vakolatlangan shaxslar kuzatuvida, ham kuzatuvchisiz oddiy aloqa kanallari orqali yetkazilishi mumkin. Diplomatik pochta daxlsiz boʻlib, uni ochish, yoʻlda ushlash mumkin emas, unga boj ham olinmaydi. Diplomatik pochtaga oid eng muhim qoidalar Diplomatik aloqalar toʻgʻrisidagi 1961-y. gi Vena konvensiyasida belgilab berilgan.

Ensiklopediya.uz
DIPLOMATIK POCHTA