DAMDINSUREN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DAMDINSUREN haqida malumot bilib oling.

DAMDINSUREN Sendiyn (1908.14.9, Sharqiy aymoq — 1986) — mongol yozuvchisi, jamoat arbobi, olim. Mongoliya FA haqiqiy aʼzosi (1961). Mongoliya Yozuvchilar uyushmasining raisi (1953—58). «Rad etilgan qiz» qissasi (1929) mongol nasrida birinchi yirik asar boʻlib, unda mongol xotinqizlarining 20-a. boshlaridagi ogʻir takdiri haqida hikoya qilinadi. «Mening sochlari oqargan onaginam» (1934), «Gʻalati toʻy» (1966) kabi asarlar muallifi. Adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid ilmiy ishlari bor.

Ensiklopediya.uz
DAMDINSUREN