DOʻSHAKAYEV haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DOʻSHAKAYEV haqida malumot bilib oling.

DOʻSHAKAYEV Shomurod (1871-1952) – oʻymakor usta, Qoʻngʻirot va Shumanay yogʻoch oʻymakorligi maktabining yirik vakili. Usta Doʻshaka oilasida tugʻilgan. Oʻymakorlikni otasidan oʻrgangan. Doʻshakayev yaratgan buyumlari naqshlarga boyligi, goʻzal va soddaligi bilan ajralib turadi. U «qoʻchqor muguz», «aylanma muguz» va b. turli-tuman shakldagi naqshlar bilan bezagan panjara (erganak), sandik (arja), aravaning old taxtasi, ustun va b. buyumlar mashxur. Doʻshakayev yaratgan buyumlardan namunalar respublika va chet mamlakatlar muzeylarida saqlanadi.

Ensiklopediya.uz
DOʻSHAKAYEV