DOʻLGONLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DOʻLGONLAR haqida malumot bilib oling.

DOʻLGONLAR, dolganlar (oʻzlarini dulgaan, tiakixi, saxa deb ataydilar) — elat, Taymir milliy okrugining asosiy aholisi. Umumiy soni 7 ming kishi (1992). Yoqut tilining doʻlgon shevasida gaplashadilar. Dindorlari — pravoslavlar. Doʻlgonlarning ajdodlari Taymir ya. o. dan uzoqda, Lena da-ryosining Vilyuy va Muna irmoqlari rnida yashagan. 18a. davomida shim.-gʻarbga siljib, hoz. yashaydigan joylariga koʻchib kelganlar. «Doʻlgon» 19-a. dagi urugʻlardan birining nomi. Doʻlgonlarning oʻzagini asli tungus boʻlgan doʻlgon, ejen, karintuo, dongot urugʻlari tashkil etgan. Doʻlgonlar bugʻuchilik, ovchilik (moʻyna tayyorlash), balikchilik bilan shugʻullanadilar.

Ensiklopediya.uz
DOʻLGONLAR