DURBIN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DURBIN haqida malumot bilib oling.

DURBIN (fors. — uzoqni koʻruvchi) , binokl — uzoqdagi narsalarni koʻrish va kuzatish uchun xizmat qiladigan optik asbob. Har qanday Durbin bir-biriga yonma-yon oʻrnatilgan ikki trubaga maʼlum tartibda joylashgan obyektiv linza va okulyardan iborat. Durbinning uzoqqa qaratiladigan katta «koʻzlari» obyektiv, kuzatuvchi qaraydigan kichik «koʻzlari» okulyar deyiladi. Amalda ikki xil Durbindan foydalaniladi:

1) Galiley Durbini 2,5—4-marta kattalashtirib koʻrsatadi. Bu D. dayorugʻlikni yoyuvchi linza okulyar vazifasini oʻtaydi. Galiley Durbini oddiy, ixcham, yorugʻlikni yaxshi oʻtkazadigan, ammo koʻrish maydoni tor boʻlganligi uchun koʻpincha teatr tomoshalarini koʻrishda ishlatiladi;

2) prizmali Durbin — foydalanish uchun qulay. Koʻrish maydonining burchagi katta, stereoskopga xos xususiyatlari yaxshilangan Durbin yordamida masofalarni oʻlchash ham mumkin. Amalda qoʻllanilayotgan Durbin narsalarni 2—22-marta kattalashtirib koʻrsatadi.

Ensiklopediya.uz
durbin.