DOGʻISTON TILLARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DOGʻISTON TILLARI haqida malumot bilib oling.

DOGʻISTON TILLARIKavkaz (iber-kavkaz) tillarinkit eng koʻp tarmoqli guruhi. Mazkur tilda soʻzlashuvchi elatlar Dogʻiston, Shim. Ozarbayjon, Gruziyaning ayrim joylari, Checheniston, Ingushiya hududlarida tarqalgan. Dogʻiston tillari tillar guruhi va ayrim tillarga boʻlinadi:

1) avar-anddidoy (sez) guruhi. Bu guruhga avar, and, botlix, karatin, axvax, bagulal, tindin, chamalin, godoberi, didoy (sez, xvarshi, ginux, bejitin yoki kapichu, gunzib) tillari kiradi;

2) lak tili;

3) dargʻin tili. Bu tillar bir-biridan keskin farq qiluvchi bir necha dialektlarga boʻlinadi (bularning baʼzilari (mas, kubachi, qay-togʻ)ga, hatto alohida til sifatida qaralgan); 4) lazgin tillari guruhi (lazgin, tabasaran, ogʻul, rutul, saxur, krыz yoki jek, budux, xinalug, udin, archin);

5) tat tili. Bu tillar tarkibida lahja va shevalar ham mavjud. Dogʻiston tillari ichida faqat avar, lak, dargʻin, lazgin va tabasaran tillarigina yozuvga ega (1917-y. dan soʻng yuzaga kelgan). Avval bular yozuvi arab alifbosiga asoslangan, 1928—38 y. larda lotin grafikasiga oʻtgan, 1938-y. dan boshlab kirill alifbosi asosida. Oʻziga xos tovushlarni ifodlash maqsadida «ʼ», «», «i» belgilari qoʻshib foydalaniladi.

Dogʻiston tillari boʻyicha ilk maʼlumotlar 18-a. oxirlarida paydo boʻla boshlaydi. 19-a. 2-yarmida P. K. Uslarning Dogʻistondagi yirik elatlar tiliga bagʻishlangan ishlari nashr etiladi. 20-a. boshlarida A. M. Dirr baʼzi Dogʻiston tillarini tavsifini beradi. 20-a. 20-y. laridan boshlab Dogʻiston tillari (grammatikasi, lugʻati, dialektlari tavsifi, qiyosiy-tarixiy tadqiqi) har tomonlama oʻrganila boshlandi.

Dogʻiston tillari fonetik va grammatik qurilishi oʻziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Talaffuzda murakkab konsonant tovushlar — lateral, uvilyar boʻgʻiz va hiqildoqda hosil boʻladigan undoshlar mavjud. Grammatikasi uchun ergotiv tuzilmalar, koʻp mikdordagi oʻrin kelishigi, koʻpchiligiga 2 dan to 4 tagacha ot kategoriyasi xos.

Ensiklopediya.uz
DOGʻISTON TILLARI