DOMINANTLIK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DOMINANTLIK haqida malumot bilib oling.

DOMINANTLIK (lot. dominans — hukmron, ustun) — allellarning gomo va geterozigota holatlarida belgilarning fenotipik namoyon boʻlishi. Gen allellarining oʻzaro munosabat shakli Dominantlikda bir allel boshqa allel ustidan toʻliq (toʻliq Dominantlik) yoki toʻliqsiz (chala Dominantlik) ustunlik qiladi. «D» tushunchasini genetika faniga G. Mendel kiritgan. Dominantlik qiluvchi allellar (genlar) katta harflar (A, V), retsessiv allellar kichik harflar (a, v) b-n ifodalanadi. Organizmlar genetipida dominant genlarning yigʻilishi koʻpchilik hollarda hayotchanlikni oshirishga, xoʻjalik jihatdan qimmatli belgilarni yaxshilashga imkon beradi. Dominantlik tibbiyot va q. x. da muhim ahamiyatga ega.

Ensiklopediya.uz
DOMINANTLIK