DOLIMOV Sulton Aminovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DOLIMOV Sulton Aminovich haqida malumot bilib oling.

DOLIMOV Sulton Aminovich (1915.5.5 — Toshkent — 1992.12.11) — topograf anatom, xirurg. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1962), tibbiyot fanlari d-ri (1969), prof. (1969). Tosh MI ni tugatgan (1937), Surxondaryo viloyati kasalxonasining bosh vrachi va xirurg (1937—39). 2-jahon urushi qatnashchisi. ToshMI operativ xirurgiya kafedrasi dotsenti (1948—69), prof., ayni vaqtda oʻquv ishlari (1962— 65) va davolash ishlari (1967 — 72) buyicha prorektor, 1972-y. dan Oʻrta Osiyo pediatriya tibbiyot in-ti (xoz. Toshkent pediatriya tibbiyot in-ti) prorektori. Surunkali meʼda yarasining modeli va morfologiyasi ustida tadqiqot olib borgan.

Ensiklopediya.uz
DOLIMOV Sulton Aminovich