DESANT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DESANT haqida malumot bilib oling.

DESANT (frans. descente — tushirish) — dushman egallagan hududda jangovar harakat qilishga moʻljallab samolyot, vertolyot va dengiz, daryo orqali tushirilgan yoki shu maqsadda tuzilgan qoʻshin. Bajaradigan vazifalari va maqsadi boʻyicha: strategik Desant, operativ (tezkor) Desant, taktik Desant, maxsus vazifalarni bajaradigan Desant, D. tushirish boʻyicha dengiz D. i, havo D. i, tank D. i va b. Desant bir vaqtning oʻzida ham havodan, ham dengizdan tushirilishi mum-kin. Oʻzbekistan hududidagi sobiq Ittifoq xavo Desanti qoʻshinlari 1992-y. 18-mayda OʻzR Prezidenti farmoniga muvofiq respublika tasarrufiga oʻtkazilgan.

Ensiklopediya.uz
DESANT