DEVKESGAN QALʼA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DEVKESGAN QALʼA haqida malumot bilib oling.

DEVKESGAN QALʼA — qad. shahar xarobasi. Koʻhna Urganchdan 60 km gʻarbda joylashgan. Devkesgan qalʼa baland tepalikda ulkan toʻrtburchak shaklida qurilgan boʻlib, mudofaa devorlari toshdan ishlangan, devor boʻylab koʻplab burjlar qurilgan, asosiy darvoza oldiga murakkab tarxli inshoot bunyod etilgan. Qalʼa atrofi chuqur xandaq bilan oʻrab olingan. Qalʼa ichida soʻnggi oʻrta asrlarga oid koʻplab tosh inshootlarning qoldiqlari saqlanib qolgan. Balandlikda joylashgan qalʼa etaklarida xom gʻishtlardan qurilgan mudofaa devori bilan oʻralgan oʻrta asrlarga oid «pastki shahar» joylashgan; undan koʻplab sopol buyumlari topilgan. Har ikki shahardan jan.-gʻarbroqda shu davrga oid tarhi toʻrtburchak chorbogʻ bunyod etilgan. Devkesgan qalʼa xarobasi oʻrnida 16—17-a. larda Vazir sh. boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
DEVKESGAN QALʼA