DOU SZYAN-DE haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DOU SZYAN-DE haqida malumot bilib oling.

DOU SZYAN-DE (572-621) – Xitoyda Suy davlati zulmiga qarshi koʻtarilgan dehqonlar qoʻzgʻoloni (610 — 624) ning rahbarlaridan biri. Shandun viloyatidagi qishloqlardan birining oqsoqoli boʻlgan vaqtida qoʻzgʻolonchilarga yordam bergani uchun taʼqib ostiga olinib, butun urugʻ-aymogʻi qirib tashlangan. Shundan soʻng u 617—621-y. larda Xebey viloyatidagi qoʻzgʻolonga rahbarlik qilgan. Qoʻzgʻolonchilar qoʻshini soni 100 ming kishidan ortgan. Qoʻzgʻolonchilar qoʻl ostiga oʻtgan hududlarda Dou Szyan-De-d. rahbarligida Sya nomli dehqonlar podsholigi oʻrnatilgan. Suy davlati qulagach, Dou Szyan-De-d. qoʻshinlari Tan hukumatiga qarshi kurashgan. Janglardan birida yarador boʻlib, asir olingan va qatl etilgan.

Ensiklopediya.uz
DOU SZYAN-DE