DOKA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DOKA haqida malumot bilib oling.

DOKApaxta ipidan polotno oʻrilishda juda yupqa, siyrak qilib toʻqiladigan gazlama. Ilgari (19-a. 2-yarmigacha) Hindiston, Eron va b. mamlakatlardan keltirilgan. Mahalliy Dokalar xonaki doʻkonlarda toʻqilgan. Doka larning koʻpchiligi asosan oq, baʼzilari koʻk tusda boʻlib, salla, roʻmol, pashshaxona va b. tikilgan. Hozir toʻqimachilik korxonalarida toʻqiladi. Doka uy-roʻzgorda, tikuvchilikda, xaritalarni yopishtirishda, ayniqsa, tibbiyotda keng ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
DOKA