DIZAYN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DIZAYN haqida malumot bilib oling.

DIZAYN (ing. design — loyiha, chizma, rasm) — narsalar muhitini estetik va funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati turlarini ifodalovchi termin. D. faoliyati tarkibiga keng isteʼmol buyumlari, mashina, dastgoh, kiyim, reklama va oʻrov materiallari, i. ch., jamoat va turar joy binolarini jihozlash, mebel va b. kiradi. Dizayn 20-a. boshlarida yuzaga kelib, 30-y. larda maxsus faoliyat turi sifatida Gʻarbiy Yevropa va AQSHda shakllandi. 80-y. 2-yarmidan Dizaynning faoliyat doirasi kengaydi. Dizaynerlar rassom sezgisi bilan birga ilmiy fanlar (mas, materialshunoslik, rangshunoslik va b.) ga tayanadi, i. ch. jarayoni va sharoitlari, sotsiologiya va b. bilimlarga ega bulishi lozim. Dizayn sohasidagi mutaxassislar maxsus oliy oʻquv yurtlaridatayyorlanadi. Jumladan, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ham interyerlar va sanoat grafikasi, libos D. boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Ensiklopediya.uz
dizayn