DIAFILM haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DIAFILM haqida malumot bilib oling.

DIAFILM (dia… va film) — umumiy mavzu asosiga birlashtirilgan va kinoplyonkaga tushirilgan harakatsiz oq-qora yoki rangli fotografik tasvir. Diafilm filmoskop yoki tasvirni ekranga tushiradigan diaproyektor orqali koʻriladi. Tasvir tovush bilan birga namoyish qilinishi mumkin. Diafilm badi-iy, hujjatli, ilmiy-ommabop, oʻquv va b. janrlarda yaratiladi. Diafilmni tayyorlashda ayrim kadrlar (odatda 50—70) muayyan mavzu va adabiy matn asosida birlashtiriladi. Diafilm maʼruza, targʻibottashviqot ishlarida, maktab-oʻquv dasturini oʻtishda muhim vosita hisoblanadi. Ayniqsa, bolalarda estetik didni tarbiyalash va rivojlantirishda, atrof muhitga qiziqish uygʻotish va mehnat koʻnikmasi hosil qilishda muhim ahamiyatga ega.

Oʻzbekistan ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar studiyasida Diafilm 1971-y. dan ishlab chiqariladi. «Egri va toʻgʻri» birinchi Diafilm dir. 1972-y. dan buyon 100 dan ortiq nomda (chizilgan, fotografik, oq-qora, rangli va b.) D. lar ishlab chiqarildi («Tohir va Zuhra», «Boy ila xizmatchi», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Ur toʻqmoq!», «Zumrad va Qimmat», «Oltin baliq», «Qarshi choʻli», «Sehrli yurt» va b.). Bir yilda 8—10 mavzuda 270 tirajda Diafilm ishlanadi.

Turdi Nodirov.

Ensiklopediya.uz
DIAFILM