DIAZOBIRIKMALAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DIAZOBIRIKMALAR haqida malumot bilib oling.

DIAZOBIRIKMALAR — diazoguruhli organik moddalar. Faqat bir organik radikal bilan boglangan ikki atom azot diazoguruh deb ataladi. «Diazobirikmalar» termini turli birikmalar turkumiga taallukli. Diazobirikmalar alifatik va aromatik Diazobirikmalarga boʻlinadi. Alifatik Diazobirikmalar qizdirilganda, ultrabinafsha nurlar va kislotalar taʼsir ettirilganda parchalanadi, shuningdek, katalizator (mis va uning tuzlari) ishtirokida karbenlar hosil qiladi. Diazometan va diazosirka efiri alifatik Diazobirikmalarga mi-sol boʻla oladi. Aromatik Diazobirikmalar beqaror, quruq, portlovchi, reaksiyaga kirishuvchan modda, ishqorlar taʼsirida diazotatlar hosil qiladi. Aromatik D. azo-boʻyoqlar olishda, diazotipiyada ishlatiladi. Alifatik D. — alkillovchi moddalardir.

Ensiklopediya.uz
DIAZOBIRIKMALAR