DEFIBRILLYATSIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DEFIBRILLYATSIYA haqida malumot bilib oling.

DEFIBRILLYATSIYA (de… va lot. fi brillatio — muskul tolalarining tez qisqarishi) — yurak faoliyati jiddiy izdan chiqqanda yurak qorinchasi yoki boʻlmachasi fibrillyar qisqarishlarining toʻxtashi. Sunʼiy Defibrillyatsiya bir vaqtning oʻzida yurakka dori bilan kuchli elektr toki taʼsir ettirishdan iborat. Yurak qorinchasi Defibrillyatsiyasi reanimatsiya (jonlantirish)ning muhim usullaridan biri boʻlib, bunda uning qisqarish faoliyati qayta tiklanadi. Yurak boʻlmachasi Defibrillyatsiyasi yurak qisqarishlari sinus ritmining qayta tiklanishiga imkon beradi. Defibrillyatsiya maxsus apparat — defibrillyator yordamida amalga oshiriladi; bu apparat elektr impulslari generatoridan iborat. Defibrillyatsiya natijalarini uzluksiz elektrokardiografiyaga qarab aniqlash mumkin.

Ensiklopediya.uz
DEFIBRILLYATSIYA