
DEMUSKIY Daniil Porfiryevich haqida malumot bilib oling.
DEMUSKIY Daniil Porfiryevich (1893—1954.7.5, Kiyev) — kinooperator. Oʻzbekistonda (1944) va Ukrainada (1954) xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. «Ikki kun», «Arsenal», «Yer» kabi filmlari bilan shuhrat qozongan. Urush yillari Toshkent kinostudiyasida ishlab «Nasriddin Buxoroda», «Tohir va Zuhra», «Nasriddinning sarguzashtlari» filmlarini suratga olgan. Davlat mukofoti laureati (1952).
Ensiklopediya.uz
DEMUSKIY Daniil Porfiryevich