DOSHCHONOV Muxtor Beshchonovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DOSHCHONOV Muxtor Beshchonovich haqida malumot bilib oling.

DOSHCHONOV Muxtor Beshchonovich (1909.1.1, RF Orenburg viloyati Burtin tumani — 1975.24.5, Toshkent) — injener-meliorator-oʻrmonshunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1969), q. x. fanlari d-ri (1965), prof. (1966). Toshkent irrigatsiya va q. x. ni mexanizatsiyalash injenerlari intini tamomlagan (1936). Toshkent qishloq xoʻjaligi in-tida dotsent, oʻrmonchilik va oʻrmon melioratsiyasi kafedrasi mudiri (1949—67), Oʻrta Osiyo oʻrmonchilik i. t. in-ti direktori (1967—73). 1973-y. dan Toshkent qishloq xoʻjaligi in-tida oʻrmon melioratsiyasi kafedrasi mudiri. Ilmiy asarlari Oʻzbekistonning togʻ yon bagirlarida tuproq eroziyey va sel oqimlariga qarshi kurash, agrooʻrmon melioratsiyasi masalalariga bagʻishlangan.

As: Regulirovaniye selevыx potokov v ruslax gornыx rek Uzbekistana, T., 1944; Vliyaniya terrasirovaniya i oblesneniya gornыx sklonov na poverxnostnыy stok, T., 1965.

Ensiklopediya.uz
DOSHCHONOV Muxtor Beshchonovich