DOMLA HALIM haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DOMLA HALIM haqida malumot bilib oling.

DOMLA HALIM, Ibodov Domla Halim (1878, Buxoro — 1940, Toshkent) — ustoz xonanda va sozanda. Oʻzbekistan xalq hofizi (1931). Toʻquvchi oilasida tugʻilgan. 10 yoshidan doyra chertib, xalq qoʻshiqlarini aytgan. Dastlab Sharafxon Ustozdan, keyin Ota Jalol, Ota Gʻiyos kabi atokli sanʼatkorlardan taʼlim olgan. 19 yoshidan noyob, nihoyatda keng diapazonli (b—g2 orasidagi), kamyob lirik ovozi, ijro mahorati bilan xalq orasida shuxrat qozongan. 1921-y. dan Buxoro musiqa maktabida (bu maktab keyinchalik Domla Halim Ibodov nomida) oʻqituvchi. Oʻzbek musiqa va xoreografiya i. t. instituta (1928, Samarqand) da T. Sodiqov, M. Ashrafiy, M. Burhonov kabi kompozitorlar, Sh. Sohibov, F. Shahobov singari maqomdon xonandalarga taʼlim bergan. 1931-y. dan umrining oxirigacha Oʻzbekistan radiosida xizmat qildi. Ijro uslubi nafisligi, kuylarni aniq va erkin kuylashi, ayniqsa keng nafasi bilan ajralib turgan. D. H. Buxoro Shashmaqomi yoʻllaridan asosan savtlar (Qashqarchai Moʻgʻulchai Segoh, Savti Sarvinoz, Iroq, Moʻgul-chai Dugoh, Nasrulloyi, Qashqarcha, Ushshoq va b.)ni baland (katta) avjlar bilan kuylagan. Shu bois, xalq, va sanʼat axli orasida «Avjlar ustasi», «Savtxon» deb nom chiqargan. 1937-y. Moskvada oʻtkazilgan Oʻzbek sanʼati dekadasining qatnashchisi. Uning repertuaridagi asarlar gramplastinkalarga, folk-lorshunos Ye. Romanovskaya tomonidan notaga yozib olingan (1935) va musiqa-shunoslar tomonidan oʻrganilgan.

Ensiklopediya.uz
DOMLA HALIM