DOTATSIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DOTATSIYA haqida malumot bilib oling.

DOTATSIYA (lot. dotatio — tuhfa) — 1) maʼlum xarajatlarni qoplash uchun iqtisodiyotning bir subyekta tomonidan ikkinchisiga qaytarib bermaslik sharti bilan pul mablagʻi berilishi. Dotatsiya, odatda, davlat byudjetidan ajratiladi. Ammo firmalar, korporatsiyalar va uyushmalar oʻz tarkibiga kiruvchi turli bulinma va shoxobchalarga ham moliyaviy koʻmak tariqasida Dotatsiya beradi. Dotatsiyadan maqsad moliyaviy koʻmakka muxtojlarning qoʻshimcha xarajatlarini qoplab, ularning daromad va xarajatlarini muvofiqlashtirishdir. Byudjetdan beriladigan Dotatsiya aholini ijtimoiy himoyalashni ham moʻljallaydi. Bunda korxona va tashkilotlarning ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tovar va xizmatlarni arzon narxda sotishidan kuradigan zarari qoplanadi. Oʻzbekistonda bozor islohotlaripchnt dastlabki kezlarida barcha aholini qimmatchilikdan himoya etish uchun isteʼmol tovarlari xalqqa arzon narxda sotilib, bundan koʻrilgan zarar davlat byudjeti D. si hisobidan qoplandi. Shuningdek, kommunal uy-joy xizmatlariga ham Dotatsiya berildi. Bunday Dotatsiya uchun 1988-y. da Oʻzbekistan Respublikasi byudjetidan 14,4 mlrd. soʻm, 1999-y. esa 19,3 mlrd. sum Dotatsiya ajratildi;

2) muayyan fuqaro yoki alo-hida tashkilotlarga kurilgan zararni qoplash yoki belgilangan maqsadlar uchun davlat tomonidan pul mablagʻlarining ajratilishi.

Ensiklopediya.uz
DOTATSIYA