DOVUDBEK DUGʻLAT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DOVUDBEK DUGʻLAT haqida malumot bilib oling.

DOVUDBEK DUGʻLAT, amir Dovud (14-a.) — Amir Temurning xos mulozimi, safdoshi va lashkarboshisi va singlisi Qutlugʻ Turkon otoning eri. Sohibqironning ilk faoliyati davrida u bilan yelkama-yelka turgan, koʻp janglarida katta jasorat koʻrsatgan. 1370-y. Amir Temur amir Husayn ustidan uzilkesil gʻalaba qozonganidan keyin Dovudbek dugʻlatga Samarqand voliyligini va devonbegi lavozimini bergan. 1374-y. martida Xorazmga, Jahongir mirzoga qayliqlikka Sevinbeka (Xonzoda)ni keltirishga yuborilgan.

Ensiklopediya.uz
DOVUDBEK DUGʻLAT