DIMO Nikolay Aleksandrovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DIMO Nikolay Aleksandrovich haqida malumot bilib oling.

DIMO Nikolay Aleksandrovich (1873.30.11, Orgeyev – 1959.15.3, Kishinyov) — tuproqshunos olim, VASXNIL akad. (1948), Moldaviyada xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1946). No-voaleksandriya qishloq xoʻjaligi va oʻrmonchilik in-tini tugatgan (1902). SAGU (hoz. Oʻzbekiston milliy un-ti) va Kishinyov un-tini tashkil etishda qatnashgan; Oʻrta Osiyo tuproqshunoslik va geobotanika i. t. in-tiga (1920—31), Moldaviya FA Tuproqshunoslik in-tiga rahbarlik qilgan (1957—59). 1945-y. dan Kishinyov un-ti prof., tuproqshunoslik kafedrasi mudiri. Dimoning ilmiy ishlari tuproq geog. si, ularning shoʻrlanishi, biol. si, fizikasiga; Rossiya Yevropa qismi markaziy hududlari, Oʻrta Osiyo, Zakavkazye va Moldaviya tuproq melioratsiyasini oʻrganishga bagʻishlangan. Dimo rahbarligida Sirdaryo va Amudaryo oraligʻidagi tuproq qoplami tadqiq etildi, Oʻrta Osiyoning dastlabki tuproq xaritasi tuzildi.

Ensiklopediya.uz
DIMO Nikolay Aleksandrovich