DARYONING IKKIGA AYRILISHI haqida malumot bilib oling.
DARYONING IKKIGA AYRILISHI, Daryolar bifurkatsiyasi — daryo yoki daryo vodiysining 2 tarmoqqa boʻlinishi, ular keyinchalik birlashmaydi va turli havzalarga quyiladi. Daryoning ikkiga ayrilishi koʻpincha yassi suvayirgʻichlarni yer ustki suvlari yuvishi natijasida vujudga keladi; toʻlinsuv davrida bir havzadan ikkinchi havzaga suvning koʻp qu-yilishi natijasida mavsumiy Daryoning ikkiga ayrilishi kuzatiladi. Daryoning ikkiga ayrilishi ayniqsa Orinoko daryo sistemasi (Jan. Amerika)da kuzatiladi.
Ensiklopediya.uz
DARYONING IKKIGA AYRILISHI