DIYEN UGLEVODORODLAR haqida malumot bilib oling.
DIYEN UGLEVODORODLAR, diyenlar, diolefinlar — ikkita qoʻshbogʻli toʻyinmagan uglevodorodlar. D. u. molekulasidagi qoʻshbogʻlarning oʻzaro joylashuviga qarab uch xil boʻladi:
1) ayrim qoʻshbogʻl i D. u., mas, pentadiyen — 1,4; kimyoviy xossalari jihatdan olefinlarga oʻxshaydi;
2) zich (kumulyatsiyalangan) qoʻshbogʻli Diyen uglevodorodlar, allenlar sinfi shulardan iborat;
3) qoʻshbogʻlari oralangan (oddiy bogʻ vositali) Diyen uglevodorodlar D. u. etilen qatori uglevodorodlarining barcha xossalarini namoyon qiladi. Diyen uglevodorodlar olishning umumiy usullari: glikollar va toʻyinmagan spirtlar degidratatsiyasi, ikki atomli galoid birik-malardan galogen vodorodlar tortib olish reaksiyasi va b. D. u. poliamid tolalar, plastifikatorlar, lok, dori, sintetik kauchuk va b. i. ch. da asosiy xom ashyodir.
Ensiklopediya.uz
DIYEN UGLEVODORODLAR