
DUGʻLAT haqida malumot bilib oling.
DUGʻLAT — qad. turkiy qavmlardan biri. Bular 13-a. da Chigʻatoy ulusining sharqiy mintaqalarida yashovchi yetakchi qabilalardan boʻlgan. Dugʻlatlar Sharqiy Turkistonda, Issiqkoʻlning jan. da, Fargʻona vodiysining shim. r-nlarida koʻchib yurganlar. Asosiy mashgʻuloti chorvachilik boʻlgan. Moʻgʻuliston davlatiga itoat qilmagan Dugʻlatlar oʻz mustaqilliklari uchun betinim kurashib, 1427 — 28 y. larda Qashqarni egallaydi va bu viloyatni to 16-a. ning 1-choragigacha mustaqil idora qiladi. Zahiriddin Muhammad Boburshtt onasi Qutlugʻ Nigor xonim va «Tarixiy Rashidiy» muallifi Mirzo Muhammad Haydar D. dan boʻlganlar. 15—16-a. lar davomida Dugʻlatlar bir qancha guruhlarga boʻlinib ketgan. Ular Fargʻona, Toshkent, Samarqand, Qorategin va Hisor viloyatlariga kelib joylashgan. Dugʻlatlar hozirda oʻzbek, qozoq va qirgʻiz xalqlari tarkibiga singib ketgan.
Ensiklopediya.uz
DUGʻLAT