DUMBADZE Nodar Vladimirovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DUMBADZE Nodar Vladimirovich haqida malumot bilib oling.

DUMBADZE Nodar Vladimirovich (1928.14.7 – Tbilisi – 1984.5.3) – gruzin yozuvchisi. Ilk hikoyalar toʻpla-mi — «Qishloq bolalari» (1958). Dastlabki yirik asarlari — «Men, buvim, Iliko va Illarion» (1960) qissasi va «Quyoshni koʻryapman» (1962) romanida 2-jahon urushi yillaridagi gruzin qishloqlarining ogʻir hayoti aks etgan. «Quyosh kechasi» (1967), «Oq bayroqlar» (1972) romanlarida zamonaviy muhim ijtimoiyaxloqiy masalalar koʻtarilgan. «Abadiyat qonuni» (1978)da insonning jamiyatdagi oʻrni, yashashning maʼnosi mavjud hayotiy lavhalar, shaxslar orqali aks ettirilgan. Dumbadze asarlari chuqur lirizm b-n sugʻorilgan, ularda dramatizm yumor b-n uygʻunlashib ketgan. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan («Quyoshni koʻryapman», 1969; «Qoʻrqmang onaginam», 1982; «Abadiyat qonuni», 1983 va b.). «Abadiyat qonuni» asari asosida oʻzbek tilida telespektakl yaratilgan (1985).

Ensiklopediya.uz
DUMBADZE Nodar Vladimirovich