DONESK haqida malumot bilib oling.
DONESK (1924-y. gacha Yuzovka, 1961-y. gacha Stalino) — Ukrainadagi shahar (1917-y. dan). Kalmius daryosi boʻyida. Donesk viloyati markazi. T. y. tuguni. Aeroport bor. Aholisi 1075 ming kishi (1997). Yondosh shaharlar bilan birga sanoat tuguni va shahar aglomeratsiyasini tashkil etgan. Ogʻir sanoatning eng yirik markazlaridan. Donesk toshkoʻmir havzasiaan koʻmir qazib olinadi. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik (kon, metallurgiya jihozlari va b., muzlatgich, kabel, velosiped va b. ishlab chiqariladi), kimyo (kimyoviy reaktiv, plastmassa z-dlari), qurilish materiallari, koks kimyosi, oziq-ovqat, yengil (shu jumladan ipgazlama) sanoat korxonalari bor. Ukraina FA ning i. t. institutlari, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari (shu jumladan un-t), 3 teatr (shu jumladan opera va balet teatri), oʻlkashunoslik muzeyi va badiiy muzey mavjud. Doneskga 1869-y. asos solingan.
Ensiklopediya.uz
DONESK