DISPERSION ANALIZ haqida malumot bilib oling.
DISPERSION ANALIZ — dispers faza zarrachalari (oʻta mayda gʻovakli jismlar gʻovaklari)ning oʻlchamlarini aniqlash usullari majmui. Bunda dispers sistemaningdispereligi yoki solishtirma sirti, yaʼni fazalar orasidagi umumiy sirtni dispers faza hajmiga (yoki massasiga) nisbati ham aniqlanadi. Dispersion analiz usullarini uchta guruhga ajratish mumkin:
1) ayrim zarrachalar parametrlari (oʻlchami, massasi va b.)ni aniklash hamda ularni statistik ishlab chiqish natijasida koʻp sonli oʻlchashlar oʻtkazish (mas, avtomatik sistemalarni qoʻllash) usuli;
2) dispers sistema zarrachalarining katta-kichikligiga koʻra sinflarga boʻlish usullari;
3) maʼlum bir holatda joylashgan zarrachalar xossalarini aniklashga asoslangan usullar. Birinchi guruh usullarida zarrachalarning oʻlchamlari optik mikroskop (odatda 1 mkm dan bir necha mm gacha) yoki elektron mikroskop (1 nm dan bir necha mkm gacha) yordamida oʻlchanadi; dispers faza zarrachalari boʻlgan ingichka naychadan oʻtkazilayotgan suspenziya yorugʻlik nuri yoki elektr qarshiligining oʻzgarishini (Kulter hisoblagichlarida zarrachalarning oʻlchamlari 0,1 dan 100 mkm gacha, optik asboblarda esa 5 dan 500 mkm gacha boʻlganda) oʻlchash imkonini beradi. Dispersion analizning ikkinchi guruhi usullariga elak analizi (zarrachalar oʻlchamlari 1 dan 500 mkm gacha boʻlganda) va gaz yoki suyukdiklar oqimida zarrachalarning ajratilishi (zarrachalarning oʻlchamlari 0,1 dan bir necha mm gacha) kiradi. Dispersion analizning uchinchi guruhi usullariga sedimentatsiyey analiznmsh bar-cha usullari taallukli. Bu usullar qoldiq massasining toʻplanish kinetikasini qisobga olish (Figurovskiy sedimentometri zarrachalarning oʻlchamlari 1 dan 500 mkm gacha boʻlganda oʻlchash imkonini beradi) yoki suspenziya optik zichligining oʻzgarishiga asoslangan. Dispersion analizda sentrofugalarni qoʻllash oʻlchashlar chegarasini 0,1 mkm gacha pasaytirish imkonini beradi (ultratsentrofuglar yordamida oʻlchamlari 1 — 100 nm boʻlgan zarrachalarni oʻlchash mumkin). Yorugʻlik nurlarining juda kichik nurlanishi, rentgen nurlari, neytronlar va b. yordamida zarrachalar oʻlchamini aniqlashning turli usullaridan keng foydalaniladi. Solishtirma sirtni aniklash uchun adsorbsion usullar (monomolekulyar katlamdagi adsorbsiyalangan moddaning mikdorini ham aniklash mumkin) qoʻllaniladi. Kukun holdagi moddalarning solishtirma sirti adsorbsiya issikdigi (yoki hoʻllanish) boʻyicha aniqlanadi. Dispersion analizning adsorbsion usullari turlicha boʻlib, ular solishtirma sirt 10—103 m2/g (zarrachalar oʻlchami 10 dan 1000 nm gacha) boʻlganda aniklash imkonini beradi. Oʻlchamlari 1 dan 100 nm gacha boʻlgan erkin dispers siste-malar zarrachalari diffuziya, ultrafiltratsiya va b. usullar bilan aniqlanadi.
Ad.: Xodakov G. S, Yudkin Yu. P., Sedimentatsionnыy analiz vыsokodispersnыx sistem, M., 1981; Greg S, SingK., Adsorbsiya, udelnaya poverxnost, poristost, per. s ang., 2 izd., M., 1984.
Ensiklopediya.uz
DISPERSION ANALIZ