DENDROBATSILLIN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DENDROBATSILLIN haqida malumot bilib oling.

DENDROBATSILLIN — bakterial preparat; spora-kristall hosil qiluvchi bakteriya — Bacillus thuringiensis var. Dendrolimus asosida olinadi. Asosan sporalar va inert toʻldirgich (makkajoʻxori ekstrakti, oqsil achitqi va b.) dan tashkil topgan kulrang kukun. Quruq va hoʻllanuvchan kukun holida ishlab chiqariladi. 1 g kukunida 60 (100) mlrd. yashovchan spora hamda shuncha zaharli oqsil kristallari (parasporal tanalar) mavjud. Dendrobatsillin koʻsak qurtining turli, ayniqsa 1—2 yoshdagi kurtlariga yaxshi taʼsir etadi. Qurt tanasiga Dendrobatsillin ozuqa bilan birga kiradi, shuning uchun preparat purkashni zararkunandaning eng faol ozikdanish davrida oʻtkazish kerak. Havo haroratining yuqori boʻlishi Dendrobatsillin samaradorligini yana ham orttiradi. Traktor purkagichlari yordamida purkaladi. Suspenziya tayyorlash vaqtida Dendrobatsillinga insektitsid ham qoʻshiladi. 85% li hoʻllanuvchan kukuni sarf normasi sevin b-n aralashtirilganda 0,7 — 1,0+0,3 kg/ ga, ish suyukligi 200—400 l/ga.

Ensiklopediya.uz
DENDROBATSILLIN