DARBAND DEVORLARI haqida malumot bilib oling.
DARBAND DEVORLARI — Darband sh. (Dogʻiston Respublikasi) va qalʼasini oʻrab olgan 2 qad. tosh devor xarobasi. Devorlaridagi paxlaviy yozuvlariga koʻra, mil. 567-y. da bino etilgan. Jan. tomondagi devordan 4 darvozasi va 3 burji boʻlgan kichik bir kiyom saqlanib qolgan. Shim. tomondagi devor esa 3 darvozasi va 30 burji bilan qariyb toʻla saqlangan. Devorlarning uz. 40 km dan ortiqroq, oʻrtacha bal. 6,5 m boʻlgan. Darband devorlari gʻarb tomondan Norinqalʼa istehkomiga borib ulanadi.
Ensiklopediya.uz
DARBAND DEVORLARI