DEVONIY haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DEVONIY haqida malumot bilib oling.

DEVONIY (taxallusi; asl ismsharifi Muhammadkomil Ismoil Devon oʻgʻli) (1887, Xiva yaqinidagi Sangar qishlogʻi — 1938, Toshkent) — shoir. Xivadagi Arabxon madrasasida taʼlim olgan, fors tili, xattotlik sanʼatini oʻrgangan. Feruz saroyida birmuncha vaqt kotiblik qilgan. Sheʼrlarida zamona nosozliklarini tanqid qilgan, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini ilgari surgan («Afsus» radifli va b. sheʼrlari). Shoir ijodiga Tabibiy («Majmuat ush-shuaro») va Laffasiy («Tazkirai shuaro»)lar yuqori baho berganlar. Devoniyning devonlari asl nusxalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti (inv. № 901, 906, 1142) va oʻgʻli Hamza Komilovning shaxsiy kutubxonasida saqlanadi.

Ensiklopediya.uz
DEVONIY