DEBRETSEN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DEBRETSEN haqida malumot bilib oling.

DEBRETSENVengriya sharqidagi shahar, Vengriya pasttekisligida. Xaydu-Bixar medyesining maʼmuriy markazi. Aholisi 208,4 ming kishi (1997). Yirik transport yoʻllari tuguni. Mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Sanoatining asosini mashinasozlik (jumladan vagonsozlik, podshipniklar i. ch., tibbiyot asboblari, q. x. mashinalari) tashkil etadi. Metallni qayta ishlash, kimyo-farmatsevtika, oziqovqat, tikuvchilik, mebel i. ch., teri sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Un-t, FA ning Quyosh fizikasi va atom tadqiqoti in-tlari, muzeylar (etnografiya va b.), teatr bor. 18—19-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. Balneologik kurort shahri. Debretsen 10-a. dan maʼlum.

Ensiklopediya.uz
DEBRETSEN