DVIGATEL LITRAJI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DVIGATEL LITRAJI haqida malumot bilib oling.

DVIGATEL LITRAJI — porshenli ichki yonuv dvigatelinnt ish hajmi yigʻindisi. Mas, bitta silindrning ish hajmi porshen yuzining silindrdagi porshen yoʻliga koʻpaytmasiga teng. Dvigatel litraji dm3 (litr) da ifodalanadi. Dvigatelning quvvati va oʻlchamlarini bildiradi (mas, mikrolitrajli, kichik litrajli dvigatel va b.). Silindrlari litraji kichik boʻlgan dvigatellar (mas, mototsikl dvigatellari) litraji, koʻpincha, sm3 larda ifodalanadi. Mas, Asaka avtomobil zavodila ishlab chiqariladigan avtomobillar uchun Dvigatel litraji quyidagicha: «Tiko» (uch silindrli) — 796 sm3, «Neksiya» (toʻrt silindrli) — 1488 sm3, «Damas» (uch silindrli) — 796 sm3. Avtomobil, samolyot, mototsikl, sport qayiqlari poygalarida ular Dvigatel litraji boʻyicha sinflarga boʻlinadi va sinfsinf boʻlib poygada qatnashadi.

Ensiklopediya.uz
DVIGATEL LITRAJI