DAM haqida malumot bilib oling.
DAM (fors — nafas) — 1) hunarmandchilikda — oʻchoqqa havo haydaydigan garmonsimon moslama. Dam va osma Dam degan xillari bor. Katta-kichikligi va oʻrnatiladigan qasqonlari (gardishlari) soni (2—11 ta) ga koʻra turli kasblarda turli Dam ishlatiladi: 2 qasqonlisi zargarlikda, 3 qasqonlisi anjomsozlikda, 5 qasqonlisi pichoqsozlikda, 6 qasqonlisi degrezlikda va b. Bular zargar dami, pichoqchi dami, miskar dami, temirchi dami deb ham ataladi. Oʻrta Osiyoda Dam juda qadimdan ishlatilib kelingan. U 11-a. yozma yodgorligi «Devonu lugʻotit turk»da koʻruk, 15a. adabiyotida, xususan, Alisher Navoiy asarlarida hoz. Dam tarzida uchraydi. Dam hozir ham qoʻllaniladi;
2) pichoq, ketmon, tesha va b. shu kabi asboblarning tigʻi.
Ensiklopediya.uz
DAM