DIODOT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DIODOT haqida malumot bilib oling.

DIODOT (Diodotos) (? — mil. av. 230) — Yunon-Baqtriya podsholigi asoschisi. Mil. av. 3-a. oʻrtalarigacha Antiox II ning Baqtriyadagi noibi boʻlgan. Salavkiylarning Oʻrta Osiyodagi noibi. Mil. av. 250-y. da Baqtriyani mustaqil deb eʼlon qilib, podshoh unvonini qabul qilgan (D. I) D. davrida saltanat hududiga Soʻgʻdiyona, Areyya, Margʻiyona va extimol Paropamisad viloyatlari ham kirgan. Diodot vafotidan soʻng oʻgʻli Diodot II taxtga oʻtirgan.

Ensiklopediya.uz
DIODOT