DIYEN SINTEZI haqida malumot bilib oling.
DIYEN SINTEZI — qoʻshbogʻlari oralangan diyen uglevodorod (diyen) larning 1,4 uglerod atomiga toʻyinmagan birikmalar biriktirish reaksiyasi. Diyen sintezi natijasida boshlangʻich diyenning ik-kinchi va uchinchi uglerod atomlari oʻrtasida qoʻshbogʻ boʻlgan olti aʼzoli sikllar vujudga keladi. Diyen vazifasini geterotsiklik birikmalar, mas, furan bajarishi mumkin. Diyen sintezi 1928-y. da organik-kimyogarlar O. Dils va K. Alderlar tomonidan kashf etilgan. Diyen sintezi yordamida boshqa usullar bilan olinishi qiyin boʻlgan politsiklik birikmalar (mas, steroid lar, D vitamin), insektitsidlar va b. moddalar sintez qilinadi.
Ensiklopediya.uz
DIYEN SINTEZI