DANGANA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DANGANA haqida malumot bilib oling.

DANGANA, dangona — 1) oʻtmishda yarim oʻtroq va oʻtroq oʻzbek chorvadorlari oʻrtasida keng tarqalgan urf-odat. Yoz faslida yakka oilada soʻyilgan mol goʻshtini uzoq saqlash qiyin boʻlgan. Shu tufayli Dangana yozgi yaylovga chiqqan maʼlum bir ovul kishilari oʻrtasida oʻtkazilgan. Danganada koʻpincha har bir xonadonda navbat b-n qoʻy soʻyilgan. Soʻyilgan qoʻyning goʻshti, kalla-pochasi katta qozonga solinib shoʻrva pishirilib, har bir qoʻshni chorvador oilaga shoʻrva va goʻsht teng taqsimlangan;

2) sheriklikka biror tirik molni (ot, sigir, tuya va sh. k.) oʻzaro taqsimlash.

Ensiklopediya.uz
DANGANA