DOYAXOTIN GAZ-KONDENSAT KONI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DOYAXOTIN GAZ-KONDENSAT KONI haqida malumot bilib oling.

DOYAXOTIN GAZ-KONDENSAT KONIBuxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida, Gazli sh. dan 80 km gʻarbda joylashgan. Doyaxotin strukturasi 1952-y. da geologik syomka natijasida aniqlangan. 1966-y. da yura karbonatli yotqiziqlar gorizontidan sutkasiga 139,5 ming m3 gaz olina boshlagan. Konda 1969-y. gacha 8 ta burgʻi qudugʻi qazilgan. Quduqlarning oʻrtacha chuq. 2000 m. Konning geologik tuzilishida yura, bur, paleogen va neogentoʻrtlamchi yotqiziqlari ishtirok etgan. Tektonik jihatdan Doyaxotin strukturasi Chorjoʻy pogʻonasining shim.-gʻarbiy qismida joylashgan braxiantiklinaldan iborat. Uning shim.-gʻarbiy qanoti qiya, jan.-sharqi tikroq. Strukturaning uz. 10 km, kengligi 7 km, bal. 100 m. Sanoat ahamiyatiga molik gaz yura davri karbonatli jinslarining turli gorizontlarida joylashgan. Doyaxotin gaz-kondensat koni dagi gaz yengil, havoga nisbatan s or. 0,628—0,637, metan 90,99 — 91,7%, etan va uglevodorodlar 0,77 — 1,91%. Gazning tarkibida oltingugurt vodorodi 0,11—0,12%, karbonat angidridi 1,75—2,45%, azot oz. Kondensat ning potensial miqdori 32,5 sm3/m3, zichligi 0,7596—0,7737 g/sm3.

Ensiklopediya.uz
DOYAXOTIN GAZ-KONDENSAT KONI