
DONA GUL haqida malumot bilib oling.
DONA GUL — qorakoʻl terisi gulining bir turi. Shakli loviyaga oʻxshashligidan loviya gul deb ham ataladi. Dona gul xuddi qalami gullilari kabi yopiq, jingalak uchlari gul tagiga deyarli bu-ralib kirgan. Bunday qorakoʻl terilari qimmati jihatdan qalami gullilardan soʻng ikkinchi oʻrinda turadi. Toʻliq jingalaklangan chiroyli gullilari sof zot krrakoʻl qoʻylari uchun xos belgidir. Dona gul qisqa, eniga nisbatan 1,5—2-marta uzunroq (uz. 8—13 mm). Dona gulning uzunligi, katta-kichikligi teri sifatini belgilaydi. Dona gul lari mayda terilar — fler va kirpuk navga; D. g. lari oʻrtacha terilar — yupqa jaket; kattalari — qalin jaket navga kiradi. Bulardan ikkinchisi qimmatli hisoblanadi. Dona gullar, asosan, terining yonbosh va son qismida, qarchigʻayida, toʻla sagʻri va orqa choʻqqi qismida kam shakllangan boʻladi.
Ensiklopediya.uz
DONA GUL