
DOGUZTOV TORI haqida malumot bilib oling.
DOGUZTOV TORI — Markaziy Qizilqumdagi togʻ. Ovminzatov bilan Tomditov togʻlari oraligʻida. Eng baland joyi 444 m. Uz. 6—8 km. Doguztov tori jan.gʻarbdan shim.-sharqqa yoʻnalgan. Yon bagʻirlari oʻydim-chuqur, quruq soy koʻp. Tub jinslar yer betiga chiqib qolganligi va ularning nurashi natijasida vujudga kelgan toshloq jinslar ustida qungʻir boʻz tuproqlar tarkib topgan. Shuvoq, boyalich, biyurgʻun, keyreuk oʻsadi.
Ensiklopediya.uz
DOGUZTOV TORI