GRAMMATIK SHAKL haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GRAMMATIK SHAKL haqida malumot bilib oling.

GRAMMATIK SHAKL — grammatik vosita bildiruvchi, grammatik maʼno ifodalovchi til shakli. Mas, oʻzbek tilida «yaxshi-yaxshi» deb «yaxshi» sifati takrorlansa, bu soʻz maʼnosini kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu grammatik vosita baʼzi tillarda, mas, malayya yoki indonez tilida koʻplikni bildiradi. Muayyan bir tilda turli Grammatik shakl bir maʼnoda qoʻllanishi qam mumkin: – yotir, – yapti, – moqda kabi oʻzbek tilidagi Grammatik shakllar feʼlning hoz. zamon shaklidir. Aksincha, ayni bir Grammatik shakl birdan ortiq grammatik maʼnoni bildira oladi. Mas, «lar» shakli «ishlar» soʻzida ham feʼl, ham sifatdosh, ham koʻplik hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
GRAMMATIK SHAKL