GIRIFT haqida malumot bilib oling.
GIRIFT, bidratma, dirillama, rez — dutor, tanbur, chang singari torli sozlarda ishlatiladigan ijro usuli, musiqa bezaklaridan biri. Barmoq (yoki bilak)larning uzluksiz, tez va bir tekisda almashinib kelayotgan harakatlari orqali bajariladi. Girift kuchi bir xil boʻlgan zarblardan iborat boʻlib, kuylarga oʻziga xos noziklik va mayinlik bagʻishlaydi. «Boburnoma»da Giriftni qonun sozining mashhur ijrochisi bastakor Xoʻja Abdulloh Marvarid (16-a.) ixtiro etganligi taʼkidlanadi (yana q. Musiqa ijrochiligi, Melizmlar).
Ensiklopediya.uz
GIRIFT