GYOTTINGEN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GYOTTINGEN haqida malumot bilib oling.

GYOTTINGEN — Germaniyadagi shaxar, Quyi Saksoniya yerida. Aholisi 122 ming kishidan ziyod (1997). Mashinasozlik, elektrotexnika, aniq mexanika (priborlar, asbob-uskunalar, ilmiy apparatura va b.), optika sanoati rivojlangan. Yirik nashriyot va bosmaxonasi bor. G. oʻrta asrlarda movut i. ch. markazi boʻlgan. Mamlakatning yirik ilmiy markazi. Qadimgi un-t (q. Gyottingen universitetы) va FA (1751) bilan mashhur, 14-a. dan Ganza aʼzosi. 1866-y. da Gannover tarkibida Prussiyaga oʻtgan.

Ensiklopediya.uz
GYOTTINGEN