GETEROXROMATIN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GETEROXROMATIN haqida malumot bilib oling.

GETEROXROMATIN (getero… va xromatin) — hujayra sikli davomida xromatinnit kondensirlangan (zich taxlangan) qismlari. Geteroxromatin mitozdavrida euxromatinga nisbatan jadal boʻyaladi va yorugʻlik mikroskopida hatto interfaza davrida ham koʻrinadi. Geteroxromatin genetik jihatdan inertligi va oʻzida deyarli genlarni saqlamasligi toʻgʻrisida taxminlar mavjud. Geteroxromatin li qismlar xromosoma boʻylab tarqalgan boʻlib, odatda sentromerata yaqin joylashadi. Geteroxromatin haqiqiy va fakultativ boʻladi. Haqiqiy G. hujayralarning interfaza davrida ham oʻz holatini saqlovchi xromosoma uchastkasidir; fakultativ G. esa hujayra siklining maʼlum bir bosqichida faol boʻladi. Geteroxromatin koʻpchilik hayvonlarning ayniqsa jinsiy xromosomalari uchun xosdir. Geteroxromatinni sunʼiy yoʻl bilan (mas, past harorat taʼsirida) olish mumkin.

Ensiklopediya.uz
GETEROXROMATIN