Och qoringa iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan mahsulotlar

Och qoringa iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan mahsulotlar

Och qoringa iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan mahsulotlar

DO`STLARGA ULASHING:

Parhezshunoslar quyida ko‘rsatilgan mahsulotlarni och qoringa iste’mol qilmaslikni maslahat beradi:

meva min 1024x682 1

  1. Banan organizm uchun foydali bo‘lishiga qaramasdan, uni ertalabki ratsion tarkibiga kiritish tavsiya etilmaydi. U och qoringa yeyilganda tarkibidagi magniy organizmga tez singadi, bu esa yurak-qon tomir tizimiga bosim o‘tkazadi.
  2. Sitrus mevalar tarkibidagi kislotalar bo‘sh oshqozonga tushganida me’da qaynashi, allergiya, gastrit va yara paydo bo‘lishiga olib keladi.
  3. Tongda shirinliklarni ko‘p iste’mol qilib bo‘lmaydi. Uyg‘ongandan so‘ng oshqozon osti bezi ortiqcha shakar bo‘lganda, yetarli miqdorda insulin ishlab chiqara olmaydi. Oqibatda kislota-ishqor muvozanati buziladi.
  4. Pomidor kislotasi oshqozon shirasi bilan aloqaga kirishganda yara paydo qilishi mumkin.
  5. Ertalab yetarli miqdorda oshqozon shirasi ishlab chiqarilmagan paytda organizm bodring tarkibidagi kislotalarni uzoq parchalaydi. Bu esa me’da qaynashini yuzaga keltiradi.
  6. Nok bo‘sh oshqozonning shilliq qavatiga zarar yetkazishi mumkin.
  7. O‘tkir dorivorlar shilliq pardaga ta’sir o‘tkazadi va oshqozon shirasining haddan tashqari ko‘p ishlab chiqarilishiga sabab bo‘ladi. Buning natijasida oshqozon-ichak yo‘li kasalliklari rivojlanishi xavfi ortadi.
  8. Gazlangan ichimliklar shilliq qavatini qo‘zg‘atadi, u yerdagi qon aylanishini sekinlashtiradi, oqibatda ovqat qiyin xazm bo‘ladi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

soglom.uz/tavsiya/och-qoringa-istemol-qilish-mumkin-bolmagan-mahsulotlar/

Och qoringa iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan mahsulotlar