Al-Xorazmiy algoritmlash tanlovi(yangilandi)
(Rasm
Busy.org)
Assalom alaykum.
Texnoman.uz noyabr oyi #4 tanlovi va Texnoman.uz saytining 4 yoshga to’lishi, hamda, algoritmlashni rivojlantirish maqsadida sayt ma’muriyati buyuk matematik, astronom, geograf, dunyoga faniga algebra fanini kiritgan Muhammad ibn Muso al Xorazmiy nomidagi «Al-Xorazmiy algoritmlash» tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov shartlari
quyidagicha:
- Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar Texnoman.uz saytida «Algoritmlash» blogida «Yangi» turdagi maqola joylashtirishlari kerak;
- Ushbu maqolada biron bir algoritm, biron bir dasturlash tilida izohlari bilan ko’rsatib berilishi zarur;
- Maqolada #texnomantanlov va #al-xorazmiy teglari qatnashgan bo’lishi kerak;
- Tanlovga maqolalar 30-noyabrgacha qabul qilinadi;
- Tanlov g’olibi aniqlash uchun 1-dekabrdan 8-dekabrgacha ovoz berish jarayoni tashkil etiladi;
Agar 1-dekabr holatiga ko’ra tanlovga qatnashish uchun 5 tadan kam maqola kelib tushsa, ovoz berish jarayoni bo’lmaydi va tanlov bekor qilinadi.
Al-Xorazmiy algoritmlash tanlovi g’olibiga 100.000 so’m pul mukofoti taqdim etiladi. Pul mukofoti sovrindorga qulay bo’lgan usulda yetkaziladi.
7-noyabr 2018-yil. Tanlov shartlari o’zgartirildi:
Ushbu tanlov yuzasidan bir qancha takliflar tushdi. Bir nechta yaxshi insonlar, ushbu tanlovimizga homiy bo’lish taklifini bildirishdi. Shu sababli, tanlov qoidalari o’zgartirildi:
1. Tanlov shartlari orasidan 6-shart olib tashlandi. Endilikda, tanlovda nechta ishtirokchi qatnashishidan qat’iy nazar, g’oliblarni aniqlash jarayoni tashkil etiladi va g’oliblar aniqlanadi.
2. Homiylar yordami bilan, tanlov g’oliblariga quyidagi pul mukofotlari beriladi:
1-o’rin 200.000 so’m;
2-o’rin 150.000 so’m;
3-o’rin 100.000 so’m.
Kutilmagan sabab va vaziyatlar bo’lganda, tanlov tashkilotchilari(sayt ma’muriyati) tanlovni bekor qilish yoki tanlov qoidalarini o’zgartirish huquqini o’zida saqlab qoladi!
Boshqalar
Al-Xorazmiy algoritmlash tanlovi(yangilandi)